Web Full Stack Developer - bu to’liq web ilovalar mutaxassisi bo’lib, u mijoz tomonidagi interfeys ko'rinishi va faoliyati bilan bir qatorda, ilovaning server qismida bajariladigan jarayonlar va tizimga mos ma’lumotlar bazasini hosil qilish uchun ham mas'ul shaxsdir. 💻 Full Stack - dasturlash o'z ichiga frontend va backend qismlarni qamrab oladi. Oddiy misol bilan tushunishga harakat qilaylik : Agar butkul bir tayyor veb - saytni bino deb olib qaraydigan bo'lsak : 🟧 HTML - uning g'ishtlari , beton , fundamentlari , tomining yog'ochlari - yu boshqa binoni tashkil etuvchi eng zarur materiallaridir. 🟦 CSS - bu binoning izveska, suvoq va kraskalari. Lekin imorat haliyam bo'shligicha qolib ketmoqda. 🟨 JavaScript - bu biz qilayotgan saytni statikdan dinamik saytga o'zgartirib beradigan dasturlash tili hisoblanadi. 🟩 Backend - bu imoratning asosiy biznes logikasi bo'lib , imoratning aslida qanday imorat ekanligini belgilab beradi. Masalan u imorat bolalar - bog'chasi, do'kon va bank boʻlishi mumkin.

Stajirovka davomida siz quydagi texnalogiyalarni o'rganasiz va uni real loyihalarda qo'llaysiz bu orqali stajor emas haqiqiy dasturchiga aylanasiz.
JavaScript/OOP/ES6-9, Bootstrap/Tailwind/Uikit, PHP7/OOP/MVC, Laravel Framework/Lumen/Voyager, Composer/PECL, XDebug/BlackFire/Stackify/Php-Profiler/Tracy, Redis, ElasticSearch/TNTSearch/Fuse/Sphinx, Selenium/Webdriver/Symfony.Panther, Opcache/APCu, PostgreSQL/MySQL/SQLite, Navicat/DBeaver/HeidSQL, Telegram.Bot/Botman/Madelineproto, REST-API/Postman/Swagger.Io, Apache/Nginx/OSPanel/FPM, WAMP/LAMP, PHPStorm/VSCode+PHPTools, Smarty/Blade/Twig, Git/Github/SmartGIT, HTML5/CSS3/SASS, Docker/Docker Compose/Portainer/Kitematic.

Ijtimoiy tarmoq manzillarimiz
Manzil va telefon raqamlarimiz

Address : Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 4-daha, Adolat MFY, 28a-uy

Scroll to Top